Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda C5+1 formatida «Markaziy Osiyo — Xitoy» fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik böyiça işçi guruhning uçinçi konferensiyasi öz işini boşladi. Tadbir Hyatt Regency Taşkent mehmonxonasida olti mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari va aviakompaniyalari vakillari iştirokida ötkazilmoqda.
Konferensiyada Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari qatnaşmoqda.
Uçraşuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy örtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, «Havo ipak yöli»ni birgalikda taşkil etiş töğrisidagi kelişuvni amalga oşirişdan iborat. Mazkur hujjat 2024 yil 24 yanvarda Özbekiston Transport vazirligi va Xitoy Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi tomonidan imzolangan.
Konferensiya davomida tomonlar fuqaro aviatsiyasining ustuvor yönalişlaridagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, havo transporti bozorini liberallaştiriş va sohaning normativ-huquqiy bazasini uyğunlaştiriş masalalarini muhokama qiladi.
Tadbir mintaqaviy aviatsiya hamkorligini mustahkamlaş, qöşma taşabbuslarni ilgari suriş hamda «Havo ipak yöli» loyihasi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.