Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 44,3 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar va kredit mablağlari özlaştirildi. Uşbu davrda umumiy qiymati 3,8 mlrd dollar bölgan 106 ta yirik loyiha işga tuşirildi. Ular doirasida 13,8 mingta iş örni yaratildi.
Bu ma’lumotlar investitsiyalar bilan boğliq loyihalarning hududlarda amalga oşirilişini monitoring qiliş, ularning samaradorligini baholaş va investorlar bilan hamkorlikni takomillaştiriş masalalari yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining parlament söroviga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bergan javobda keltirilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, investitsiya loyihalarining amalga oşirilişini raqamli monitoring qiliş tizimi yölga qöyilgan. U loyihalarni amalga oşiriş jarayonida yuzaga keladigan muammolarni öz vaqtida aniqlaşga qaratilgan.
Şuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarni boşqarişni takomillaştiriş hamda davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça çoralar körilmoqda.
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştiriş doirasida «Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi işlab çiqilgan. Bundan taşqari, eksportçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari Özbekistonning xalqaro savdo majburiyatlariga bosqiçma-bosqiç muvofiqlaştirilmoqda.
Parlament söroviga berilgan javobni körib çiqiş jarayonida deputatlar investitsiya faoliyati samaradorligini faqat özlaştirilgan mablağlar hajmi bilan emas, balki qöşilgan qiymat yaratiş, barqaror bandlikni ta’minlaş, mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani rivojlantiriş va aholi farovonligiga ta’sirini hisobga olgan holda baholaş zarurligini ta’kidladi.
Şu munosabat bilan hududlarning salohiyati va ixtisoslaşuvini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorligi yuqori loyihalarni tanlaş, mahalliy korxonalar bilan işlab çiqariş aloqalarini mustahkamlaş hamda investitsiya taşabbuslarini aniq natijalarga yönaltiriş böyiça takliflar bildirildi.
Deputatlar uşbu sohada parlament nazoratini amalga oşiriş qonunçilik ijrosini örganiş, mavjud muammolarni aniqlaş va mas’ul davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş imkonini berişini qayd etdi.
Parlament söroviga berilgan javobni körib çiqiş yakunlari böyiça tegişli qaror qabul qilindi.