Turizm

Nukusda 5 km uzunlikdagi BRT tezkor avtobus yölagi quriladi

Nukusda 5 km uzunlikdagi BRT tezkor avtobus yölagi quriladi
Nukusda 5 km uzunlikdagi BRT tezkor avtobus yölagi quriladi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Nukusda 2027 yil oxiriga qadar uzunligi 5 kilometr bölgan BRT tezkor avtobus transporti uçun maxsus yölakni foydalanişga topşiriş rejalaştirilmoqda.

Loyiha Özbekiston Prezidenti qarori loyihasida taqdim etilgan 2030 yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasida nazarda tutilgan.

Maxsus yölak yölovçilar oqimi yuqori bölgan E. Alakuz köçasining Qoraqalpoğiston köçasi bilan çorrahasidan Çimboy şossesi bilan kesişmasigaça bölgan qismida qurilişi rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun transport modelini, texnik yeçimlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş zarur.

Moliyalaştiriş uçun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qiliş közda tutilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun mas’ul etib Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Transport vazirligi belgilangan.

Özbekistonda oltita transport uzeli taşkil etiladi

Strategiya loyihasida temir yöl vokzallari, aeroportlar va avtovokzallarni birlaştiradigan oltita transport uzelini taşkil etiş nazarda tutilgan. Ularni Toşkent, Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus va Farğona şaharlarida joylaştiriş rejalaştirilmoqda.

Rejaga köra, bitta transport uzeli 2027 yilda, uçtasi 2028 yilda va törttasi 2029 yilda foydalanişga topşirilişi kerak. 2030 yilga qadar oltita obyektning barçasini taşkil etişni yakunlaş rejalaştirilgan. Quriliş işlarini tadbirkorlar mablağlari va davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriş közda tutilgan.

Elektrobuslar uluşi 30 foizga yetkaziladi

Strategiyaning yana bir maqsadi — Toşkent, Nukus va viloyat markazlarida jamoat transportida elektrobuslar uluşini 2025 yildagi 15 foizdan 2030 yilga qadar 30 foizga oşiriş.

Oraliq maqsadli körsatkiçlar 2026 yilda 16 foiz, 2027 yilda 20 foiz, 2028 yilda 22 foiz va 2029 yilda 25 foizni taşkil etadi. Uşbu körsatkiçlarga erişiş uçun elektrobuslar va quvvatlaş infratuzilmasiga bölgan ehtiyojni baholaş, şuningdek, xaridlarning aniq manzilli rejasini tasdiqlaş rejalaştirilmoqda.

Hujjatda Nukus, Toşkent va barça viloyat markazlari uçun transport hamda yöl-transport infratuzilmasini rivojlantirişning boş rejalari işlab çiqilgani ham qayd etilgan.

Strategiyani amalga oşirişdan kutilayotgan natijalar qatorida BRT maxsus yölaklariga ega transport koridorlari tarmoğini kengaytiriş va intellektual transport tizimlarini joriy etiş belgilangan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.