Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Airbus kompaniyasi Toşkentda Özbekiston aviatsiya sohasi vakillari uçun ikki kunlik konferensiya ötkazdi. Kompaniya taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbir 2026 yil 18–19 noyabr kunlari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Konferensiyada beşta aviakompaniya, diplomatik vakolatxonalar, moliya taşkilotlari va harbiy tuzilmalar vakillaridan iborat qariyb 30 nafar mutaxassis iştirok etdi.
Airbus vakillari jahon aviatsiya bozorining rivojlaniş prognozlarini taqdim etib, havo kemalari modellari qatoridagi tendensiyalar haqida ma’lumot berdilar. Şuningdek, iştirokçilar aviatsiya texnikasini moliyalaştiriş mexanizmlari, Skywise raqamli platformasining imkoniyatlari va yuk havo taşuvlari bozorining istiqbollarini muhokama qildilar.
Dasturning amaliy qismida aviakompaniyaning operatsion faoliyatini modellaştirişga bağişlangan Flight Plan maşğuloti ötkazildi. Iştirokçilar aviatsiya sohasida boşqaruv qarorlarini qabul qiliş va operatsion jarayonlarni taşkil etiş böyiça könikmalarini sinab kördilar.
Konferensiya yakunida iştirokçilarga tadbirdagi iştiroki va uning işiga qöşgan hissasi uçun sertifikatlar topşirildi.
Airbus kompaniyasi Özbekiston aviatsiya bozorining istiqbollarini yuqori baholab, hamkorlikni faqat havo kemalarini yetkazib beriş bilan çeklamasdan rivojlantiriş niyatida ekanini bildirdi. Kompaniya hamkorlik yönalişlari sifatida uzoq muddatli şeriklikni mustahkamlaş, mahalliy mutaxassislar malakasini oşiriş, mijozlarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, transport aloqadorligi va operatsion imkoniyatlarni rivojlantirişni qayd etdi.
Airbus malakali kadrlar tayyorlaş, havo kemalariga texnik xizmat körsatişni rivojlantiriş, şuningdek, mamlakatda texnik bilim va tajribani oşirişga alohida e’tibor qaratdi.
Kompaniya Özbekistonning aviatsiya sohasidagi strategik maqsadlarini qöllab-quvvatlaşga va tarmoqni rivojlantirişda uzoq muddatli hamkor bölişga tayyorligini bildirdi.