Turizm

Toşkentda TITF 2026 xalqaro turistik yarmarkasi ötkaziladi

Toşkentda TITF 2026 xalqaro turistik yarmarkasi ötkaziladi
Toşkentda TITF 2026 xalqaro turistik yarmarkasi ötkaziladi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent xalqaro «Ipak yölida turizm — TMTYA 2026» turistik yarmarkasi 25–27 noyabr kunlari CAEx Uzbekistan körgazma markazida bölib ötadi. Bu haqda tadbir taşkilotçilari xabar berdi.

31-marta ötkazilayotgan yarmarkada turizm taşkilotlari vakillari, turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxona tarmoqlari, kurortlar, investorlar hamda turistik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvçi kompaniyalar iştirok etadi.

Tadbir Özbekiston Turizm qömitasi, qömita huzuridagi Milliy PR-markaz hamda Iteca Exhibitions xalqaro körgazma kompaniyasi tomonidan taşkil etilmoqda. Yarmarka Butunjahon turizm taşkiloti — UN Tourism iştirokida ötkaziladi.

Işbilarmonlik dasturining markaziy tadbiri Xalqaro turistik investitsiya forumi böladi. Unda iştirokçilar investitsiya loyihalari, hamkorlikning yangi imkoniyatlari va turizm sohasini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiladilar.

Körgazmada turistik yönalişlar va marşrutlar, turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar hamda kurortlarning maxsus takliflari namoyiş etiladi. Alohida bölimlar soğlomlaştiriş, ekologik va gastronomik turizm, şuningdek, sayohatçilar uçun raqamli xizmatlarga bağişlanadi.

Dasturdan mamlakatlar va Özbekiston hududlari taqdimotlari, B2B formatidagi işbilarmonlik uçraşuvlari, forumlar hamda soha ekspertlari iştirokidagi panel muhokamalari ham örin olgan. Taşrif buyuruvçilar turli mamlakatlarning milliy hunarmandçiligi va taomlari bilan tanişişlari mumkin böladi.

Ozarbayjon, Belarus, Gonkong, Gruziya, Qirğiziston, Malayziya, Tailand, Turkiya va Çexiya milliy pavilyonlar bilan iştirok etadi.

Ajariya Gruziyaning Qora dengiz böyidagi mintaqasiga xos kurort imkoniyatlari va turistik mahsulotlarini taqdim etadi. Belarus sanatoriy-kurort dam olişi, madaniy merosi, ekologik va gastronomik marşrutlari haqida ma’lumot beradi.

Malayziya Visit Malaysia 2026–2027 milliy turistik kampaniyasini taqdim etadi. Gonkong esa şaharning turistik imkoniyatlariga bağişlangan «Faqat Gonkongda» loyihasi bilan iştirok etadi.

Körgazmada Özbekistonning Qoraqalpoğiston Respublikasini ham öz içiga olgan barça 14 ta hududi ham namoyiş etiladi.

Taşkilotçilar yarmarka milliy turistik taşkilotlar, kompaniyalar va xalqaro hamkorlar örtasida töğridan-töğri işbilarmonlik aloqalarini örnatiş maydoniga aylanişini kutmoqda. Iştirokçilar qöşma loyihalar va istiqbolli turistik marşrutlarni muhokama qiliş imkoniga ega böladilar.

Tadbir soha mutaxassislari va biznes vakillari bilan bir qatorda sayohatçilar uçun ham möljallangan. Ular turli mamlakatlarning turistik takliflari bilan tanişib, dam oliş variantlarini tanlaşlari mumkin böladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.