Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning NexaGrid kompaniyasi va Turkmanistonning Parlak Nesil xöjalik jamiyati mamlakatda ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari (data-markazlar) hamda kriptoaktivlar mayningi uçun maydonçalarni birgalikda taşkil etişni rejalaştirmoqda.
Tomonlar hamkorlik memorandumini Buxoroda imzoladi. Press-reliz esa 16 noyabr kuni Toşkentda e’lon qilindi. Bu haqda NexaGrid kompaniyasi xabar berdi.
Memorandum qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişga qaratilgan. Gap ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari (Data Center), şuningdek, kriptovalyuta mayningi markazlarini taşkil etiş va rivojlantiriş haqida bormoqda.
Hamkorlar örtasida vazifalar taqsimlangan. NexaGrid qöşma loyihalar uçun maydonlar va infratuzilma taqdim etişda yordam berişni hamda obyektlarni foydalanişga topşiriş jarayonini taşkil etişda iştirok etişni rejalaştirmoqda. Parlak Nesil esa dasturiy ta’minot bilan şuğullanadi: uni işlab çiqadi va obyektlarda texnologik tizimlarni joriy etadi.
Avvalroq, noyabr oyida NexaGrid rahbariyati Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida ötkazgan marosimda iştirok etgan edi. Unda yangi obyektlar foydalanişga topşirilib, hududdagi investitsiya loyihalari qurilişiga start berilgan.
NexaGrid grafik protsessorlar (GPU) hisoblaş quvvatlari marketpleysini hamda uskunalarni joylaştiriş mumkin bölgan platformani rivojlantirmoqda. Platforma hisoblaş jarayonlarining uglerod izini hisobga oladi. U Özbekistondagi infratuzilma asosida faoliyat yuritadi, bunda quyoş energiyasidan foydalanişga ustuvor ahamiyat beriladi.
NexaGrid ma’lumotlariga köra, kompaniya Özbekistonda kriptoaktivlar mayningi uçun ruxsatnoma olgan birinçi kompaniya bölgan. 2026 yil 19 yanvar kuni unga Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan 001-sonli ruxsatnoma berilgan.
Parlak Nesil — Turkmanistonning xususiy texnologik kompaniyasi. U dasturiy ta’minot işlab çiqiş, raqamli tizimlarni joriy etiş va IT-infratuzilma sohasida xizmatlar körsatiş bilan şuğullanadi.