Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Uzum Bank‘ning 2026 yilning töqqiz oyi yakunlari böyiça sof foydasi 485,0 mlrd sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 63,4 baravar köp. Bu haqda “Kardero” investitsiya banki openinfo.uz portalida e’lon qilingan hisobot ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Bankning faqat uçinçi çorakdagi sof foydasi 226,9 mlrd sömga yetdi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 1095,4 foizga oşgan.
Uzum Bank‘ning jami daromadlari 145,6 foizga ösib, 2,3 trln sömni taşkil etdi. Daromadlarning asosiy manbai avvalgidek komissiya tuşumlari bölib qolmoqda. Töqqiz oy davomida ular 2,5 baravar köpayib, 1,6 trln sömga yetdi.
Bank aktivlari bir yilda 214,8 foizga ösib, 4,5 trln sömni taşkil qildi. Kapital esa 112,4 foizga köpayib, 1,6 trln sömga yetdi. Kreditlar böyiça ehtimoliy yöqotişlarni baholaş körsatkiçi 12,1 mlrd sömni taşkil etdi. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 117,1 foizga köp.
2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Uzum Bank kredit portfeli 450 mlrd sömga yetdi. Bir yil avval bu körsatkiç 67 mlrd sömni taşkil etgan.