Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga taşrifi davomida Kumuşkon mahallasidagi “Oltin bel” sayyohlik majmuasida yaratilgan şaroitlar va uni yanada rivojlantiriş rejalari bilan tanişdi.
Sönggi yillarda Toşkent viloyatining toğli hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, tabiiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş va zamonaviy dam oliş maskanlarini barpo etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Parkent tumanidagi “Oltin bel” majmuasi ham uşbu yönalişdagi yirik loyihalardan biri bölib, 2025-yilda bunyod etilgan “Kumuşkon Resort” loyihasining davomi hisoblanadi.
Umumiy maydoni 47 gektar bölgan majmuaga qariyb 700 milliard söm investitsiya yönaltirilgan. Bu yerda zamonaviy mehmonxonalar, şale uslubidagi dam oliş uylari, restoranlar, sport va köngiloçar inşootlar barpo etilgan.
Xususan, törtta beş qavatli mehmonxona hamda alohida basseynlarga ega 51 ta bir va ikki qavatli dam oliş uyi qurilgan. Mehmonxonalarda turli toifadagi xonalar, nogironligi bölgan şaxslar uçun qulayliklar, spa va boşqa xizmat körsatiş hududlari taşkil etilgan.
Majmuada 350 va 700 örinli restoranlar, uç qavatli fudkort, savdo şoxobçalari, oçiq va yopiq sport inşootlari, şuningdek, 2,2 ming kvadrat metr maydonni egallagan akvapark mavjud.
Taşrif buyuruvçilarning mazmunli hordiq çiqarişi uçun turli köngiloçar maskanlar ham taşkil etilgan. Jumladan, 14 turdagi attraksion, 650 metrlik ziplayn, gravitatsion karting trassalari, rodelban, 800 örinli amfiteatr, sun’iy köl va hayvonot boği barpo etilgan. Şuningdek, 1 ming 100 ta avtomobil uçun töxtaş joyi taşkil qilingan.
Majmuaning muhim jihatlaridan biri — turizm sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş tizimi yölga qöyilganidir. Şu maqsadda taşkil etilgan öquv markazida mehmonxona va restoran xizmatlari böyiça amaliy maşğulotlar ötkazilmoqda. Hozirda Turizm qömitasi tomonidan Kumuşkon mahallasidagi işsiz yoşlar öqitilayotgan bölib, yil yakuniga qadar 300 nafar mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilgan.
Xizmat körsatiş sifatini xalqaro darajaga olib çiqiş maqsadida mehmonxonalarni boşqariş Turkiyaning “Elite World” kompaniyasiga işonib topşirilgan. Mehmonxona biznesida 46 yillik tajribaga ega uşbu kompaniyani jalb etiş orqali boşqaruvga zamonaviy standartlarni joriy qiliş, xizmatlar sifatini oşiriş va xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş közda tutilgan.
Hisob-kitoblarga köra, majmua töliq işga tuşgaç, 600 ta yangi iş örni yaratiladi. Kuniga 6 ming nafargaça taşrif buyuruvçiga xizmat körsatiş imkoniyati paydo bölib, yillik daromad 200 milliard sömga yetişi kutilmoqda.
Parkent tumanida turizm sohasining rivojlanişi mavjud imkoniyatlardan yanada keng foydalaniş uçun zamin yaratmoqda. Joriy yilning ötgan davrida tumanga 198,2 ming nafar xorijiy va 1,4 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti 81,1 million dollarga yetgan.
“Oltin bel” kabi yirik majmualarning taşkil etilişi Parkentning turistik jozibadorligini oşiriş, sayyohlarning hududda uzoqroq qolişini ta’minlaş, xizmatlar turini kengaytiriş va mahalliy aholi uçun yangi daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari majmuadagi şaroitlar bilan tanişib, turizm xizmatlari sifatini oşiriş, mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş va hududning turistik imkoniyatlarini yanada kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratdi.
Şu yerning özida Prezidentga yurtimiz korxonalarida işlab çiqarilayotgan zamonaviy quriliş materiallari körgazmasi ham namoyiş etildi.