Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” fransuz kompaniyalari Axens va Teçnip, şuningdek, Xitoyning CPECC kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qilişda iştirok etiş imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar ötkazdi.
Uçta kompaniya vakillari bilan uçraşuvni “Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov ötkazdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Buxoro neftni qayta işlaş zavodining yillik qayta işlaş quvvatini 2,5 million tonnadan 5 million tonnaga yetkazişni nazarda tutuvçi loyiha doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralar davomida xalqaro hamkorlarning loyihada iştirok etişining ehtimoliy yönalişlari körib çiqildi. Ular qatoriga korxonani kengaytiriş konsepsiyasini işlab çiqiş, texnologik yeçimlar va litsenziya beruvçilarni tanlaş, bazaviy muhandislik loyihasini tayyorlaş, uskunalar yetkazib beriş, quriliş işlari hamda loyihani boşqariş kiradi.
Takliflarni tayyorlaş muddatlariga alohida e’tibor qaratildi. Abduğani Sanginov loyihani amalga oşirişda vaqt omili hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, har bir kompaniyaga bir hafta içida dastlabki texnik-tijorat takliflarini taqdim etişni taklif qildi.
Hujjatlarda hamkorlikning taklif etilayotgan şakli, işlar hajmi, zarur boşlanğiç ma’lumotlar va bajariş muddatlari haqidagi ma’lumotlar aks etişi kerak.
“Özbekneftgaz” ehtimoliy hamkorlarga zarur ma’lumotlarni tezkorlik bilan taqdim etiş, ularning taşabbuslarini körib çiqiş va keyingi qadamlar böyiça qarorlar qabul qilişga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar Özbekiston Prezidentining 3 noyabr kuni Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga taşrifi çoğida berilgan topşiriği ijrosi doirasida ötkazilmoqda. Öşanda korxona quvvatini ikki baravar oşiriş va uni modernizatsiya qilişga yetakçi xalqaro kompaniyalarni jalb etiş vazifasi qöyilgan edi.
Axens, Teçnip va CPECC kompaniyalarining loyihada iştirok etiş şartlari hozirça aniqlanmagan.