Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston farmatsevtika sohasida idoralararo hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Özbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi delegatsiyasi işçi taşrif bilan Qozoğistonda bölib turibdi. Taşrif davomida delegatsiya milliy regulyator tajribasini örganmoqda va kasbiy aloqalarni rivojlantiriş masalalarini muhokama qilmoqda.
Taşrif Özbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Qozoğiston Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan ötkaziş milliy markazi örtasida imzolangan özaro anglaşuv va hamkorlik memorandumi doirasida taşkil etilgan.
Ostona va Olmaota şaharlarida ötkazilayotgan uçraşuvlar davomida ikki mamlakat vakillari dori vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş, litsenziyalaş, farmakonadzorat, röyxatdan ötkazilgandan keyingi nazorat, farmatsevtika inspeksiyalari va laboratoriya tadqiqotlari sohalaridagi amaliy tajribalari bilan örtoqlaşmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tasnifi böyiça Qozoğistonning milliy tartibga soliş tizimi yetukligining uçinçi darajasiga (ML3) erişiş tajribasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tomonlar xalqaro baholaş mezonlari va ilğor regulyator amaliyotlarini Özbekistonda qöllaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.
Özbekiston delegatsiyasi, şuningdek, Olmaota şahridagi Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan ötkaziş milliy markazining JSST prekvalifikatsiyasidan ötgan sinov markazi faoliyati bilan tanişadi.
Taşrif dasturidan laboratoriyaning sifat menejmenti tizimini, xalqaro standartlar asosidagi faoliyatini hamda prekvalifikatsiya jarayonidan ötiş tajribasini örganiş ham örin olgan.
Tajriba almaşiş milliy regulyatorlar salohiyatini mustahkamlaş, laboratoriya faoliyatini takomillaştiriş va farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi nazorati samaradorligini oşirişga qaratilgan.