Shoshilinch
O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi
Saida Mirziyoyeva arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Ayni paytda oliy taʼlim muassasasida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha qariyb 10 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Tashrif davomida Saida Mirziyoyeva universitetning maʼmuriy, taʼlim va ilmiy jarayonlarida raqamli yechimlardan foydalanish bilan tanishdi.

Oliy taʼlim muassasasida dual taʼlim ham rivojlantirilmoqda, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, kampus esa barqaror yechimlarni joriy etish maydoni sifatida foydalanilmoqda.

Zamonaviy shahar muhitini rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qodir arxitektorlar, loyihachilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash zarurligini taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etish nafaqat tegishli infratuzilmani, balki arxitektura va muhandislik sohalarida nostandart yondashuvlarni qo‘llay oladigan mutaxassislarni ham talab etadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.