Shoshilinch
O‘zbekiston

Kam Air yo‘lovchilari Toshkent orqali Kobuldan 15 ta shaharga ucha oladi

Kam Air yo‘lovchilari Toshkent orqali Kobuldan 15 ta shaharga ucha oladi
Kam Air yo‘lovchilari Toshkent orqali Kobuldan 15 ta shaharga ucha oladi / Foto: Uzbekistan Airports.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways va Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi hamkorlikni kengaytirib, yo‘lovchilarga Kobuldan uchish va orqaga qaytishda Toshkent orqali tranzit bilan yagona aviachiptalarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Bunday yo‘nalishlar uchun aviachiptalar 2026 yil sentyabr oyidan sotuvga chiqarildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Hamkorlik doirasida Kam Air yo‘lovchilari Toshkent orqali parvoz qilib, keyin Uzbekistan Airways reyslariga o‘tib, 15 ta yo‘nalish bo‘yicha safarlarini davom ettirishlari mumkin. Yo‘nalishlar tarmog‘iga Seul, Parij, Urumchi, Ostona, Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk, Minsk, Pxuket, Nijniy Novgorod, Riga, Tbilisi, Milan, Dehli va Qozon shaharlari kiradi.

Tranzit yo‘lovchilari uchun yakuniy manzilgacha yagona ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati nazarda tutilgan. Bunda bagaj ham yakuniy manzilgacha rasmiylashtiriladi. Bu Toshkent aeroportida tranzit jarayonini soddalashtirish imkonini beradi.

Toshkent orqali ulanma reyslarga aviachiptalarni Uzbekistan Airways‘ning rasmiy sayti, aviakompaniyaning mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali, shuningdek, tashuvchining rasmiy agentlari orqali xarid qilish mumkin.

Yangi kelishuv Toshkent orqali Kobul va Uzbekistan Airways yo‘nalishlar tarmog‘idagi shaharlar o‘rtasida safar qilayotgan yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.