Shoshilinch
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Oʻzbekiston – Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi kuni kecha boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va Hududlar kengashining uchinchi yigʻilishi natijador boʻlganini olqishladi.

Oʻzaro savdo hajmi barqaror oʻsib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya, tinch atom va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, sanoat zonalari doirasidagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan oʻzaro muvofiqlashtirilgan choralarni koʻrish hamda hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.