Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Harbiy sudi Taftish.uz nashri xodimlari va Davlat xavfsizlik xizmati sobiq xodimlariga 4,1 yildan 10,6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Taftish.uz loyihasi rahbari G‘ayrat Aberayev 10,6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jurnalist Marjona Eshquvatova 4,1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Tahririyatning yana ikki vakili — Azizjon Yuldashev va Sardor Hamidov, shuningdek, DXXning sobiq xodimlari 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud sudlanuvchilarni tuhmat, haqorat, firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topdi. Yopiq sud majlisi qaroriga ko‘ra, mahkumlar jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘taydi.
Jinoyat ishini harbiy tergovchilar tergov qilgan. Figurantlar 16 yanvar kuni qo‘lga olingan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, ayblanuvchilar jurnalistlik faoliyatidan niqob sifatida foydalanib, tadbirkorlar va fuqarolardan muntazam ravishda katta miqdorda pul talab qilib kelgan.
Tergov iddaosiga ko‘ra, buning uchun ular obro‘sizlantiruvchi va tuhmatga asoslangan maʼlumotlarni tarqatish bilan tahdid qilgan.