Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Hindistondan kelgan sayyohlar O‘zbekistonda UPI tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan odatiy mobil ilovalar orqali milliy UZQR tizimining QR-kodlarini skanerlab, xaridlar uchun to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi. Loyihani ishga tushirish bo‘yicha amaliy qadamlar HUMO va NPCI International vakillari tomonidan Mumbayda bo‘lib o‘tgan Global Fintech Fest 2026 anjumanida muhokama qilindi. Bu haqda HUMO milliy to‘lov tizimi xabar berdi.
Gap tomonlar 2026 yil 27 avgustda imzolagan transchegaraviy QR-to‘lovlar to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish haqida bormoqda. UZQR — O‘zbekistonning yagona milliy QR-to‘lovlar tizimi.
Hindiston yo‘nalishi HUMO‘ning boshqa xalqaro QR-loyihalarini, jumladan, Alipay+ bilan hamkorligini to‘ldiradi. Ushbu hamkorlik xalqaro elektron hamyonlar va bank ilovalari foydalanuvchilariga UZQR orqali O‘zbekistonda xaridlar uchun to‘lov qilish imkonini beradi.
HUMO maʼlumotlariga ko‘ra, bunday yechimlarni rivojlantirish milliy to‘lov infratuzilmasini global raqamli iqtisodiyotga integratsiya qilish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlik naqd pulsiz to‘lov imkoniyatlarini kengaytiradi, xorijiy mehmonlar uchun hisob-kitoblarni soddalashtiradi va mahalliy biznesga qo‘shimcha vositalar taqdim etadi.