O‘zbekiston

Özbekiston BRIKS parlament forumida iştirok etdi

Özbekiston BRIKS parlament forumida iştirok etdi
Özbekiston BRIKS parlament forumida iştirok etdi / Foto: Özbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston parlament delegatsiyasi 26–27 oktyabr kunlari Hindistonning BRIKSdagi raisligi doirasida ötkazilgan 12-parlament forumida iştirok etdi.

Forum iştirokçilari inson manfaatlariga yönaltirilgan taraqqiyot, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, şuningdek, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Oliy Majlisi Senati xabar berdi.

Senatning Yoşlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Orzigul Qozixonova «Innovatsiyalar: parlamentlar salohiyati orqali sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida inson manfaatlariga yönaltirilgan innovatsiyalarni ilgari suriş» mavzusidagi panel sessiyasida ma’ruza qildi. U Özbekistonning sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş, ularni inson manfaatlariga yönaltiriş hamda bu jarayonda parlamentning rolini kuçaytiriş borasidagi tajribasi haqida söz yuritdi.

Forum doirasida delegatsiya a’zolari Hindiston parlamenti quyi palatasi — Lok Sabha spikeri Om Birla va Özbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Ganeş Singx bilan uçraşdi.

Tomonlar Özbekiston va Hindiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklikni mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş hamda erişilgan kelişuvlarni amalda bajariş masalalarini muhokama qildi.

Parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini tizimli taşkil etiş, muntazam uçraşuvlar ötkaziş, parlament delegatsiyalarining özaro taşriflarini yölga qöyiş va tajriba almaşinuvini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, savdo-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida urğu berildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.