Iqtisod

Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi

Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.

Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga kompaniya tomonidan Oʻzbekiston energetika tarmogʻida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmogʻini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish boʻyicha rejalar ham koʻrib chiqildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.