Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning 2026 yil yanvar–avgust oylaridagi importi hajmi 34,5 milliard dollarni taşkil etdi. Uşbu mablağning qariyb uçdan bir qismi — 11,3 milliard dollari yoki 32,6 foizi maşina va transport uskunalari hissasiga töğri keldi. Bu haqda Özbekiston Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Import hajmi böyiça ikkinçi örinni 5,1 milliard dollarlik sanoat tovarlari egalladi. Xizmatlar importi 4,6 milliard dollarga, kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar importi esa 4,2 milliard dollarga teng böldi.
Hisobot davrida Özbekistonga 3,7 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar olib kirildi. Mineral yoqilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş mahsulotlar importi 2,8 milliard dollarni taşkil etdi.
Şuningdek, 1,2 milliard dollarlik turli tayyor buyumlar import qilindi. Yoqilğidan taşqari nooziq-ovqat xomaşyosi importi esa 1,1 milliard dollarga yetdi.