7
Iqtisod

Oʻzbekiston, SOCAR va BP Ustyurtdagi konlarni oʻzlashtirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston, SOCAR va BP Ustyurtdagi konlarni oʻzlashtirish masalasini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston, SOCAR va BP Ustyurtdagi konlarni oʻzlashtirish masalasini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi rahbari Rovshan Najaf va “British Petroleum” kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolini qabul qildi.

Muloqot chogʻida energetika sohasida ushbu yetakchi kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini oʻzlashtirish boʻyicha navbatdagi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyasi ushbu yirik loyihaga qoʻshilgani yuqori baholandi.

Neft-gaz sohasida yangi loyihalarni ilgari surish, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish va sotish tarmogʻini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.