Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Çirçiq şahrida “Özavtosanoat” AJ va Germaniyaning CLAAS kompaniyasi hamkorligi doirasida taşkil etilgan xalqaro CLAAS akademiyasi öz faoliyatini boşladi. Öquv markazi «Toşkent traktor zavodi» MÇJ hududida joylaşgan.
Akademiya qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasi uçun muhandislik va texnik mutaxassislarni tayyorlaş hamda ularning malakasini oşirişga ixtisoslaşadi. Uning öquv dasturi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda işlab çiqilgan.
Oçiliş marosimida Germaniyaning Özbekistondagi elçisi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari, “Özavtosanoat” AJ rahbariyati, CLAAS kompaniyasining xalqaro va mintaqaviy vakillari, şuningdek, kompaniyaning Markaziy Osiyodagi hamkorlari iştirok etdi.
Rejalarga köra, akademiyada har yili Şarqiy Yevropa, Osiyo va Afrikaning taxminan 120 ta davlatidan 200 nafarga yaqin mutaxassis ta’lim oladi. Ularning 120 nafardan ortiğini Özbekiston vakillari taşkil etadi.
Tayyorgarlikning asosiy yönalişlari qişloq xöjaligi texnikasiga servis xizmati körsatiş va zamonaviy marketing böladi. Özbekiston yoşlari uçun mexatronika, dastgohlarda işlaş va servis muhandisligi böyiça ta’lim dasturlari ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, akademiya CLAAS kompaniyasining xorijiy servis mutaxassislari va dilerlari malakasini oşiriş hamda ularni qayta tayyorlaş bilan şuğullanadi. Nazariy va amaliy maşğulotlarni xorijiy mutaxassislar olib boradi.
Oçiliş marosimi davomida iştirokçilar öquv infratuzilmasi va ta’lim oliş şaroitlari bilan tanişdi. Şuningdek, işlab çiqariş maydonlariga taşrif buyurib, «Uz CLAAS Agro» MÇJ korxonasida servis xizmati qanday taşkil etilganini örgandi.
Akademiyani taşkil etişdan maqsad qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş, xalqaro tajribani joriy etiş va qişloq xöjaligi texnikasiga texnik xizmat körsatiş sifatini oşirişdan iborat.