Iqtisod

“Özbekgidroenergo” va YOTB hamkorlik memorandumini imzoladi

“Özbekgidroenergo” va YOTB hamkorlik memorandumini imzoladi
“Özbekgidroenergo” va YOTB hamkorlik memorandumini imzoladi / Foto: “Özbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekgidroenergo” AJ va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) gidroenergetika sohasida uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Özbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

25 noyabr kuni kompaniya boşqaruvi raisi Islom Abdurahmonov bank boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov boşçiligidagi YOTB delegatsiyasini qabul qildi. Uçraşuvda tomonlar kompaniyani rivojlantirişning strategik ustuvor yönalişlari, investitsiya dasturlari va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

2025 yil yakunlariga köra, “Özbekgidroenergo” tarkibidagi gidroelektr stansiyalarining örnatilgan quvvati 2 400 MVtga yetdi. Özbekiston Prezidentining 2026 yil 1 maydagi PQ-163-son qaroriga muvofiq, 2032 yilga qadar uşbu körsatkiçni 5 538 MVtga yetkaziş rejalaştirilgan.

Bu maqsadga erişiş uçun umumiy qiymati qariyb 3,7 mlrd dollarni taşkil etuvçi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş közda tutilgan. Dastur yangi GESlarni quriş, amaldagi stansiyalarni modernizatsiya qiliş hamda Markaziy Osiyodagi ilk yirik gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalarini barpo etişni öz içiga oladi.

Uçraşuv iştirokçilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş va zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdi. Ustuvor yönalişlar sifatida davlat kafolatlarisiz uzoq muddatli korporativ moliyalaştiriş, özaro boğliq loyihalarni yagona dasturga birlaştiriş hamda gidroenergetika uskunalarini xarid qilişni savdo moliyalaştirişi orqali qöllab-quvvatlaş belgilandi.

Şuningdek, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlaş uçun grant mablağlarini jalb qiliş masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar Pskom GESini moliyalaştiriş, Çorvoq GESini modernizatsiya qiliş, Yuqori Töpalang gidroenergetika zonasi salohiyatini özlaştiriş, gidroakkumulyatsiya stansiyalarini quriş va “DjFK-5” GESi loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.

Bundan taşqari, tajriba almaşiş va eng istiqbolli yönalişlardagi loyihalarni amalga oşiriş maqsadida yetakçi xorijiy tarmoq kompaniyalari bilan konsorsiumlar şaklida hamkorlik qiliş masalasi muhokama etildi.

YOTB vakillari 2031 yilga qadar Özbekiston iqtisodiyotiga 3 mlrd dollargaça investitsiya kiritişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi. Bank “Özbekgidroenergo” bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tomonlar, şuningdek, YOTBning moliyaviy maslahatçi, anderrayter va investor sifatida iştirok etişi imkoniyatlarini körib çiqdi.

Imzolangan memorandum ustuvor loyihalar portfelini şakllantiriş, davlat kafolatlarisiz korporativ moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş va texnik yordam mablağlarini jalb etişni nazarda tutadi.

Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy işlarni jadallaştiriş, aniq vazifalar va muddatlar belgilangan qöşma yöl xaritasini tayyorlaş, şuningdek, ustuvor loyihalarni amalga oşirişning moliyaviy şartlarini işlab çiqişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.