Özbekiston

Özbekistonda umra ziyoratini noqonuniy taşkil etişning ikki holati foş etildi

Özbekistonda umra ziyoratini noqonuniy taşkil etişning ikki holati foş etildi
Özbekistonda umra ziyoratini noqonuniy taşkil etişning ikki holati foş etildi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda Saudiya Arabistoniga umra ziyorati safarlarini noqonuniy taşkil etiş bilan boğliq ikki holat aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari viloyat içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod şahrida faoliyat yuritgan turfirma rahbarining noqonuniy faoliyatini aniqladi.

Umra safarlarini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan şaxs uç nafar fuqaroni ziyorat uçun Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 3 450 dollar olgan. Erkak pulni qabul qilib olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ikkinçi holat Samarqand şahrida aniqlangan. Tegişli litsenziyaga ega bölmagan turfirma rahbari tört nafar fuqaroning işonçiga kirib, ulardan umra safarini taşkil etiş uçun 6 000 dollar olgan.

U ham pul mablağlarini olayotgan vaqtda DXX va içki işlar organlari xodimlari tomonidan qölga olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati umra ziyoratini taşkil etiş qonunçilikda belgilangan tartibda va faqat tegişli ruxsatnomaga ega taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi kerakligini eslatdi.

Şunga öxşaş qonunbuzilişlarga duç kelgan fuqarolardan 1520 qisqa raqami orqali xabar beriş söraladi. Idora murojaat qiluvçining şaxsi maxfiy saqlanişini kafolatlaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.