Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda xotin-qizlar va qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşişga qaratilgan «Gender zöravonligiga qarşi 16 kunlik faol harakatlar» global kampaniyasi boşlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Kampaniyaning rasmiy oçiliş marosimi 24 noyabr kuni Senatda bölib ötdi. Tadbir Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça Respublika komissiyasi tomonidan BMT tuzilmalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Har yili uşbu aksiya 25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kunidan 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuniga qadar ötkaziladi.
Bu yilgi taşabbus «Xotin-qizlar va qizlarga nisbatan zöravonlikka birgalikda barham beramiz: adolatni ta’minlaymiz, jabrlanganlarni himoya qilamiz, jazosizlikka çek qöyamiz» şiori ostida ötkazilmoqda.
Marosimda sözga çiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlaş Özbekiston davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda xotin-qizlarning ta’lim olişi, munosib iş bilan ta’minlanişi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi, şuningdek, jamoat hayoti va davlat boşqaruvida iştirok etişi uçun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Tadbirda Özbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan qonunçilik normalari qabul qilingani va mexanizmlar joriy etilgani ham qayd etildi. Jumladan, oilaviy zöravonlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan, jabrlanganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş tizimi taşkil etilgan.
Marosim iştirokçilari jabrlanganlarning huquqlarini tiklaş, ularning xavfsizligini ta’minlaş, yuridik, ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş, şuningdek, huquqbuzarlarni javobgarlikka tortiş masalalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida adolatni ta’minlaş, jabrlanganlarni himoya qiliş va zöravonlik uçun jazosizlikka barham beriş mavzusida panel munozarasi ham ötkazildi. Iştirokçilar bunday holatlarning oldini oliş, himoya mexanizmlarini takomillaştiriş va idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi.
Kampaniya davomida mamlakatning barça hududlari, mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida axborot-tuşuntiriş tadbirlari, davra suhbatlari hamda öquv seminarlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Aholining huquqiy xabardorligini oşirişga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uçun ijtimoiy videoroliklar, intervyular, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlar va ijtimoiy tarmoqlardagi naşrlardan foydalaniş közda tutilgan.