Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Taşkent City hududidan foydalaniş reglamenti loyihasidan daydi hayvonlarni boqişni çeklaşga oid bandni çiqarib taşlaşni rejalaştirmoqda.
Bunday qaror hujjatni jamoatçilik muhokamasi jarayonida fuqarolardan kelib tuşgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda körib çiqilmoqda. Vazirlik ta’kidlaşiça, reglament loyihasi hali qabul qilinmagan va uning qoidalari qayta işlanişi mumkin.
Vazirlik hujjatning asosiy maqsadi hayvonlarni boqişni taqiqlaş emas, balki zamonaviy şahar hududida yaşovçilar va taşrif buyuruvçilar uçun xavfsizlik, tozalik hamda qulaylikni ta’minlaşdan iborat ekanini tuşuntirdi.
Idoraning qayd etişiça, hayvonlarga ğamxörlik qiliş jamoat joylariga mas’uliyat bilan munosabatda böliş va belgilangan qoidalarga rioya etiş bilan uyğun bölişi kerak.
Vazirlik xalqaro tajriba sifatida Seul amaliyotini misol keltirdi. U yerda daydi muşuklar sonini tartibga soliş uçun ularni sterilizatsiya qiliş dasturlari qöllaniladi, ayrim boğlarda esa hayvonlarni boqiş uçun maxsus joylar taşkil etilgan.
Şuningdek, vazirlik Jahon hayvonlar soğliğini saqlaş taşkiloti (WOAH)ning daydi itlar bilan boğliq muammolarni tizimli hal etiş böyiça tavsiyalariga tayandi. Uşbu tavsiyalarda hayvonlarni emlaş, sterilizatsiya qiliş, boşpana bilan ta’minlaş va ularni mas’uliyat bilan parvarişlaş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, vazirlikda yovvoyi hayvonlar, daydi itlar va muşuklarga nisbatan bir xil yondaşuv qöllanilmasligi kerakligi ta’kidlandi. Vazirlik fikriça, umumiy tamoyil ham odamlar xavfsizligini, ham hayvonlar farovonligini ta’minlaşdan iborat bölişi lozim.
Loyihada bolalar maydonçalari, piyodalar yölaklari, dam oliş hududlari va boşqa jamoat joylarida sanitariya hamda xavfsizlik talablariga rioya etilişiga alohida e’tibor qaratilgan.
Vazirlik mutaxassislar va jamoatçilik iştirokida hayvonlarga ğamxörlik qilişning insonparvar usullari, ularni boqiş uçun maxsus joylar taşkil etiş hamda sanitariya me’yorlariga rioya qiliş masalalari böyiça muhokamalarni davom ettiriş maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Idora uşbu masala yuzasidan öz fikr va takliflarini yuborgan fuqarolarga minnatdorçilik bildirdi.