Özbekiston

Özbekiston Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinişiga qarşi kuraşiş töğrisidagi Pekin protokoliga qöşiladi

Özbekiston Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinişiga qarşi kuraşiş töğrisidagi Pekin protokoliga qöşiladi
Özbekiston Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinişiga qarşi kuraşiş töğrisidagi Pekin protokoliga qöşiladi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinişiga qarşi kuraşiş töğrisidagi Konvensiyasini töldiruvçi Bayonnomaga (Pekin, 2010-yil 10-sentabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.

Mazkur Bayonnoma 1970-yilgi Gaaga konvensiyasini bugungi kun talablariga moslaştirişga qaratilgan. U havo kemalarini qonunga xilof ravişda egallab olişga qarşi kuraşişning xalqaro huquqiy mexanizmlarini takomillaştiradi.

Xususan, Bayonnoma havo kemalarini kuç işlatiş yoki tahdid qiliş bilan bir qatorda, majburlaş, qörqitiş yoxud zamonaviy texnik vositalardan foydalaniş orqali egallab oliş holatlarini qamrab oladi. Şuningdek, bunday jinoyatlarni taşkil etiş, ularda iştirok etiş va ularga kömaklaşiş uçun javobgarlikni ta’minlaşga oid qoidalarni belgilaydi.

Majlisda qayd etilganidek, mamlakatimizda aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş, yangi havo taşuvçilarni jalb etiş, aeroportlarning tranzit salohiyatini oşiriş va aviatsiya xizmatlari bozorini liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar havo transporti xavfsizligini ta’minlaşga yana-da yuqori talablar qöymoqda.

Bunday şaroitda Bayonnomaga qöşiliş havo kemalari, yölovçilar va ekipaj a’zolari xavfsizligini ta’minlaş, aviatsiya sohasidagi transçegaraviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan huquqiy hamkorlikni kuçaytiriş imkonini beradi.

Ayni paytda xalqaro aviatsiya xavfsizligi standartlarining izçil joriy etilişi Özbekistonning sohadagi xalqaro baholaş va reytinglardagi mavqeini yaxşilaş, xorijiy hamkorlar işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasining qabul qilinişi Özbekistonning xalqaro aviatsiya xavfsizligi tizimidagi iştirokini mustahkamlaş hamda havo taşuvlarining barqaror rivojlanişini ta’minlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.