Moliya

XVJ Özbekiston bilan iqtisodiy va moliyaviy islohotlarni muhokama qildi

XVJ Özbekiston bilan iqtisodiy va moliyaviy islohotlarni muhokama qildi
XVJ Özbekiston bilan iqtisodiy va moliyaviy islohotlarni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) özaro hamkorlikni yana-da rivojlantiriş, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş hamda iqtisodiy islohotlarning borişini muhokama qildi.

Uçraşuv 24 noyabr kuni Boş vazir örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov hamda XVJning Özbekiston böyiça missiyasi rahbari Yasser Abdi boşçiligidagi jamğarma delegatsiyasi iştirokida bölib ötdi.

Muzokaralarda, şuningdek, XVJning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze, jamğarmaning iqtisodçilari va tegişli sohalar böyiça mutaxassislari qatnaşdi. Özbekiston tomonidan Markaziy bank raisi Timur Işmetov, Milliy statistika qömitasi raisi Behzod Hamrayev hamda tegişli idoralar vakillari iştirok etdi.

Tomonlar hamkorlik istiqbollari, mamlakatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy özgarişlar, şuningdek, ularning natijalari yuzasidan fikr almaşdi.

Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va tarkibiy islohotlarni jadallaştiriş böldi. Iştirokçilar, şuningdek, pul-kredit va byudjet-soliq siyosatini muvofiqlaştiriş, inflyatsiyani izçil pasaytiriş masalalarini körib çiqdi.

Byudjet jarayonlari samaradorligini oşiriş, byudjet körsatkiçlarini maqbullaştiriş va davlat moliyasini boşqariş tizimini takomillaştirişga ham alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar kun tartibidan soliq va bojxona siyosatini yana-da rivojlantiriş, uşbu sohalarda boşqaruvni takomillaştiriş, xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş hamda iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini kengaytiriş masalalari ham örin oldi.

XVJ vakillari Özbekistondagi iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning yuqori ösiş sur’atlarini ijobiy baholadi. Şuningdek, global noaniqliklarga qaramay, mamlakatning asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar belgilangan yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni mustahkamlaş va muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr almaşişni kengaytirişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.