Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — OTP Bank va Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vengriyaning OTP Group kompaniyasi tomonidan Ipoteka bank‘ning davlatga tegişli qolgan qariyb 17,5 foiz aksiyalar paketini sotib oliş böyiça qöşimça kelişuvni imzoladi. Bu haqda OTP Group xabar berdi.
Moliyaviy hisob-kitoblar yakunlanib, aksiyalarga bölgan huquqlar ötkazilganidan söng Vengriya guruhining bank kapitalidagi uluşi 90,4 foizga yetadi.
Mazkur kelişuv 2022 yilda Özbekiston bank sektorini xususiylaştiriş dasturi doirasida erişilgan bitimlarning davomi hisoblanadi. OTP Group uşbu bitim kompaniyaning Özbekiston bozoridagi uzoq muddatli faoliyatini mustahkamlaşini ma’lum qildi.
OTP Bank boş direktorining örinbosari Laslo Volfning ta’kidlaşiça, Ipoteka bank guruhning uzoq muddatli strategiyasida muhim örin tutadi. Uning sözlariga köra, qöşimça kelişuv 2022 yilda qabul qilingan majburiyatlarni bajarişning keyingi bosqiçiga ötiş imkonini beradi.
«Biz Özbekiston bank bozorini va OTP Group tarkibidagi Ipoteka bank‘ni yana-da rivojlantirişga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», — dedi Volf.
Uning qöşimça qilişiça, guruh xizmatlarni rivojlantiriş va mijozlarning özgarib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş uçun xalqaro tajribasini bankning mahalliy jamoasi salohiyati bilan birlaştirişni rejalaştirmoqda.
2023 yil iyun oyida OTP Bank “Ipoteka-bank”dagi davlat uluşining 73,71 foizini 324 million dollarga sotib olişni yakunlagan edi. Öşanda bank keyingi uç yil davomida yana 25 foiz aksiyani sotib olib, öz uluşini 98 foizga yetkaziş rejasi borligini ham ma’lum qilgan. Bu haqda 2023 yil iyun oyida Spot naşri xabar bergan.
2024 yil yozida OTP Bank minoritar aksiyadorlarga özlariga tegişli bank aksiyalarining 1,3 foizini sotişni taklif qildi. E’lon qilingan şartlarga köra, bir dona oddiy aksiya 1,1 söm, imtiyozli aksiya esa 3 sömdan baholangan. Bu haqda Spot naşri xabar bergan.
Ipoteka bank 2023 yil iyun oyida OTP Group tarkibiga qöşilgan. Şundan buyon bankda keng kölamli transformatsiya jarayonlari amalga oşirildi. Jumladan, bek-ofis faoliyati markazlaştirildi. Guruh ma’lumotlariga köra, bu ma’muriy yuklamani taxminan 20 foizga kamaytiriş imkonini berdi.
Bir yil davomida bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar uluşi 10,2 foizdan 2,6 foizgaça pasaydi. Taqqoslaş uçun, Özbekiston bank sektorida bu körsatkiç örtaça 3,2 foizni taşkil etadi.
Bank filiallari va aloqa markazi ham modernizatsiya qilindi. Aloqa markazida javobni kutişning örtaça vaqti taxminan 90 foizga qisqardi. Mijozlar sadoqatini ifodalovçi NPS indeksi esa bir yilda 58 foizdan 74 foizga kötarildi.
OTP Group ma’lumotlariga köra, amalga oşirilgan özgarişlar xalqaro miqyosda e’tirof etildi. The Banker naşri Ipoteka bank OTP Group‘ni Özbekistonda «2025 yil banki» deb topdi. Şuningdek, Euromoney Awards for Excellence 2026 mukofotida bank Best for Mortgages/Home Loans nominatsiyasida taqdirlandi.
Yangilanişlar doirasida bank yangi raqamli yeçimlarni joriy etdi va Private Banking yönalişini işga tuşirdi.
Ipoteka bank ma’lum qilişiça, jismoniy va korporativ mijozlarga odatdagidek xizmat körsatiş davom ettiriladi. Mulkçilik tarkibining özgarişi amaldagi şartnomalar şartlariga ta’sir qilmaydi va mijozlardan qöşimça harakatlarni talab etmaydi.
Qöşimça kelişuvning imzolanişi va bitim böyiça moliyaviy hisob-kitoblarning yakunlanişi alohida bosqiçlar hisoblanadi. Davlatga tegişli aksiyalar paketi zarur şartlar bajarilib, hisob-kitoblar ötkazilgani va huquqlar rasmiylaştirilganidan söng xaridorga ötkaziladi.