Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent hokimi Şavkat Umurzakov boşçiligidagi poytaxt delegatsiyasi Sietl şahrida qator işçi uçraşuvlar ötkazib, investitsiya loyihalari, texnologik va madaniy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Rainier Club‘da Greater Seattle Partners prezidenti va ijroçi direktori Şennon Breddok hamda 20 ga yaqin kompaniya vakillari iştirokida davra suhbati bölib ötdi. Unda Toşkent bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlari körib çiqildi, takliflar almaşildi va biznes vakillarining şahar loyihalarida iştirok etiş istiqbollari muhokama qilindi.
Gulf Petrocas Energy Group vakillari Vano Nakaidze va Kreyg Kramer bilan uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Toşkentda Gulf brendi ostida avtomobil yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini taşkil etiş loyihasini qamrab oladi.
Şuningdek, delegatsiya Amazon Web Services (AWS) vakillari bilan hamkorlik yönalişlarini muhokama qildi va birgalikdagi işlarning keyingi bosqiçlarini belgilab oldi.
Sietl xalqaro kinofestivali (SIFF) badiiy rahbari Bet Barrett bilan uçraşuvda yirik kinofestivallarni taşkil etiş tajribasi, professional tajriba almaşiş imkoniyatlari hamda Toşkentda festival sanoatini rivojlantiriş uçun mutaxassislarni jalb qiliş masalalari körib çiqildi.
Butunjahon raqamli texnologiyalar akademiyasi ijroçi raisi Yel Li bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar hamkorlikning keyingi yönalişlarini, jumladan, 2027 yilda Toşkentda Butunjahon raqamli konferensiyasini ötkaziş imkoniyatini muhokama qildi. Akademiya vakillari Özbekiston poytaxtiga taşrif buyurişga taklif etildi.
«Sietl — Toşkent» qardoş şaharlar aloqalari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan ham alohida uçraşuv bölib ötdi. Unda şaharlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, madaniy almaşinuvni rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş böyiça takliflar almaşildi.
Delegatsiya Vaşington ştatida istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan ham uçraşdi. Ular öz faoliyati haqida sözlab berdi, kasbiy tajribasi bilan örtoqlaşdi hamda Toşkent va Özbekiston uçun foydali bölişi mumkin bölgan ğoyalarni taqdim etdi.
Muhokamalar davomida tibbiyot va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça takliflar bildirildi. Aziza Mirsaidova şaxsiy ma’lumotlarni saqlaş standartlarini joriy etiş böyiça yeçimlarni taqdim etdi va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişni taklif qildi.
Xususan, u axborot sizib çiqişining oldini oliş, kiberhujumlardan himoyalaniş va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar xavfsizligini ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratdi.
Uçraşuvning 17 yoşli iştirokçisi Yasmina vatandoşlarning muloqot qilişi va bir-biri bilan tanişişi uçun yagona internet platformasini yaratişni taklif qildi. Uning ğoyasiga köra, mazkur resurs foydalanuvçilarga özbek madaniyati haqida köproq ma’lumot olişda ham yordam berişi kerak.
Umumiy muhokamadan söng delegatsiya iştirokçilar bilan yakka tartibda suhbatlar ötkazdi. Ular öz ğoyalari va kelgusidagi hamkorlikning ehtimoliy yönalişlarini maxsus anketalarda bayon qildi.