Özbekiston

Tramp Vaşingtonda örnatilgan özbek ayvonlari uçun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Tramp Vaşingtonda örnatilgan özbek ayvonlari uçun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
Tramp Vaşingtonda örnatilgan özbek ayvonlari uçun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonda örnatilgan sovğa qilingan özbek ayvonlari uçun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Tramp ta’kidlaşiça, inşootlarning oçiliş marosimi ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ içki işlar vaziri Duglas Bergam iştirokida bölib ötgan. Amerika prezidentining aytişiça, u Marine One vertolyotida uşbu hudud ustidan uçib ötgan.

Ayvonlar özbek ustalari tomonidan tayyorlangan bölib, ular bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda işlaşgan. Inşootlarni qurişda 200 yillik toğ yonğoq daraxtlarining yoğoçidan foydalanilgan. Tramp hunarmandlarning mahoratini yuqori baholab, inşootlarni gözal deb atadi.

Amerika prezidenti ayvonlarni şaxsiy mulkida qoldiriş örniga, ulardan jamoatçilik foydalanişi uçun topşirişga qaror qilganini ma’lum qildi. Ayvonlar Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi böyida örnatilgan. Uşbu hududdan Tomas Jefferson va Jorj Vaşington yodgorliklari körinib turadi.

Trampning sözlariga köra, bir yildan keyin National Heroes Park boği oçilganidan söng, ayvonlar poytaxtdagi maşhur jamoat maskanlaridan biriga aylanişi mumkin. Uşbu inşootlardan jamoat tadbirlari, diplomatik qabullar va sakura gullaşi festivali davomida fotosessiyalar ötkaziş uçun foydalaniş mumkinligini ta’kidladi.

Şuningdek, Tramp Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy parklar xizmatiga özbek ustalari bilan hamkorlik qilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.