Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari öquv markaziga bosqinçilik hujumini tayyorlaganlikda gumon qilinayotgan uç nafar şaxsni qölga oldi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, hujumni tayyorlaşga markazning sobiq qöriqçisi öz tanişlarini jalb qilgan. U muassasada katta miqdorda pul saqlanişini bilgan.
Guruh a’zolari özaro vazifalarni taqsimlab olgan. Sobiq qöriqçi bino içidagi vaziyatni oldindan örganişi va pul qayerda saqlanişini şeriklariga ma’lum qilişi kerak bölgan. Guruhning yana bir a’zosi esa elektr ta’minotini uzişni rejalaştirgan.
Qolgan gumonlanuvçilar niqob taqqan holda binoga orqa eşik orqali kirişi, pullarni qoplarga joylaşi va ijaraga olingan avtomobilda olib çiqib ketişi kerak bölgan.
Iştirokçilardan biri şaxsini yaşiriş va hujum holatlarini aniqlaşni qiyinlaştiriş maqsadida ayollar kiyimini kiyişni rejalaştirgan. Tergov versiyasiga köra, bosqindan söng guruh Farğona viloyati orqali qöşni davlatga çiqib ketişni möljallagan.
Uç nafar gumonlanuvçi pullarni qölga kiritişga ulgurmasidan oldin qölga olingan. Ularning yonidan niqoblar, bolğa, qop, qölqoplar, ratsiyalar, eşiklarni oçişga möljallangan moslamalar, kalitlar nusxalari va xorijga çiqiş pasporti topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi ikkinçi qismi “a” va “b” bandlari — bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol yoki qurol sifatida foydalanilgan aşyolarni işlatgan holda bosqinçilik sodir etiş böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.