Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi moliyaviy audit davomida 560 milliard sömlik qoidabuzarliklarning oldi olingani va 26 milliard söm mablağning maqsadsiz sarflanişi aniqlangani haqida xabar berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik tizimidagi 14 ta hududiy boşqarma va 63 ta taşkilotda ilk bor komplayens-nazorat böyiça boş mutaxassis lavozimlari joriy etildi. Ular bevosita soğliqni saqlaş vaziriga hisobot beradi.
Tekşiruvlar davomida tibbiyot muassasalariga tegişli yer uçastkalari va köçmas mulk obyektlaridan foydalaniş holati ham örganildi. Şundan söng vazirlik öz balansidagi yerlar va köçmas mulk obyektlarini raqamlaştirişni boşladi.
Vazirlik manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq 1 783 ta nepotizm holati bartaraf etilganini ma’lum qildi. Natijada 433 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilindi, yana 1 332 nafar xodim rotatsiya qilindi.
Beşta hududda sayyor qabullar taşkil etildi va ular davomida 400 dan ortiq murojaat kelib tuşdi. Ularning 260 tasi joyida hal etildi.
Bundan taşqari, 1 800 nafardan ortiq fuqaro bepul tibbiy körikdan ötkazildi.
Vazirlikning 14 ta hududiy boşqarmasi va 29 ta soğliqni saqlaş taşkilotining birlamçi böğin muassasalarida ilk bor «yaşirin xaridor» tadbirlari taşkil etildi.
Viloyat va tuman darajasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlaş amaliyoti joriy etildi. Soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlar uçun «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligi pasporti» ham işlab çiqildi.
Vazirlik tizimida işga qabul qilinayotgan nomzodlarni qonunçilikda belgilangan çeklovlar mavjudligi nuqtai nazaridan tekşiriş va keyinçalik ular böyiça xulosalar tayyorlaş tartibini joriy etdi.
Şuningdek, avval qoğoz şaklida yuritilgan 99 ta tibbiy jurnal va blank raqamlaştirildi. Samaradorlikning asosiy körsatkiçlari (KPI) moduli 28 ta pilot tuman va şahardagi 681 ta poliklinikada töliq joriy etildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolarni tibbiyot muassasalarida korrupsiya holatlariga duç kelgan taqdirda 1203 qisqa raqami orqali koll-markazga xabar berişga çaqirdi.