Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 noyabr holatiga köra, Özbekiston tijorat banklarining jami kapitali 154,7 trln sömni taşkil etdi. Bir yil davomida uşbu körsatkiç 17,4 foizga oşdi.
Banklarning ustav kapitali 101,4 trln sömga yetdi. Bu ötgan yilning mos davridagi körsatkiçdan 8,9 foizga yuqori.
E’lon qilingan ma’lumotlarga köra, jami kapitali 2 trln sömdan 5 trln sömgaça bölgan banklar soni yettitadan sakkiztaga köpaydi. Kapitali 5 trln söm va undan ortiq bölgan banklar soni esa 10 tadan 11 taga yetdi.
Banklarni ustav kapitali miqdori böyiça taqsimlaşda ham özgarişlar kuzatildi. Ustav kapitali 2 trln sömdan 5 trln sömgaça bölgan banklar soni beştadan yettitaga oşdi. Uşbu guruhning bank tizimi jami ustav kapitalidagi uluşi 17,3 foizdan 22,7 foizga kötarildi.
2026 yil 1 noyabr holatiga köra, 35 ta tijorat bankining jami kapitali 154,744 trln sömni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 131,793 trln sömga teng bölgan. Şu davrda banklarning ustav kapitali 93,164 trln sömdan 101,434 trln sömga oşdi.
Jami kapital tarkibida eng katta uluş — 38,7 foiz — kapitali 10 trln sömdan yuqori bölgan törtta bank hissasiga töğri keldi. Kapitali 5 trln sömdan 10 trln sömgaça bölgan yana yettita bank esa jami kapitalning 33,9 foiziga ega böldi.
Ustav kapitali tarkibida 10 trln sömdan yuqori körsatkiçga ega bölgan törtta bankning uluşi umumiy hajmning 41,1 foizini taşkil etdi. Ustav kapitali 5 trln sömdan 10 trln sömgaça bölgan yettita bankning uluşi esa 21,5 foizga teng böldi.
Şunday qilib, bir yil davomida bank tizimi kapitalining umumiy miqdori oşibgina qolmay, kapitali yuqori bölgan guruhlardagi banklar soni ham köpaydi.