7
Özbekiston

Özbekiston Hindiston bilan ŞHT forumida madaniy va turistik loyihalarni muhokama qildi

Özbekiston Hindiston bilan ŞHT forumida madaniy va turistik loyihalarni muhokama qildi
Özbekiston Hindiston bilan ŞHT forumida madaniy va turistik loyihalarni muhokama qildi / Foto: “Dunyo” axborot agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Madaniyat vaziri örinbosari Sanjar Bobojonov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Hindistonda Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Sivilizatsiyalar muloqoti birinçi forumida iştirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Forum Hindiston Madaniyat vazirligi va Indira Gandi nomidagi Milliy san’at markazi tomonidan taşkil etildi. Tadbirda 22 mamlakatdan 116 nafar delegat, jumladan, ŞHT Boş kotibi Nurlan Yermekbayev, vazirlar va ularning örinbosarlari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, şarqşunoslar, arxeologlar hamda restavratorlar iştirok etdi.

Oçiliş marosimida Hindiston Boş vaziri Narendra Modi madaniy va tarixiy hamkorlik Yevrosiyoda işonç, tinçlik va barqarorlikning asosi bölib xizmat qilişini ta’kidladi. Hindiston Madaniyat va turizm vaziri Gadjendra Singx Şekxavat forumni har ikki yilda bir marta ötkazişni taklif qildi.

Sanjar Bobojonov öz nutqida Markaziy Osiyo va Hindiston örtasidagi tarixiy madaniy aloqalar, Buyuk ipak yölining ahamiyati hamda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida söz yuritdi. Xususan, u yodgorliklarni saqlaş, muzeylar sohasini rivojlantiriş va nomoddiy madaniy merosni qöllab-quvvatlaş böyiça körilayotgan çoralarga töxtaldi.

Özbekiston delegatsiyasi, şuningdek, «San’at va me’morçilik» hamda «Til, adabiyot, yozuv va qölyozma an’analari» mavzusidagi sessiyalarda iştirok etdi.

Forumda me’moriy yodgorliklar va Şarq qölyozmalarini saqlaş, madaniy merosni örganişda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilar madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş, tarixiy obyektlarni iqlim özgarişi oqibatlaridan himoya qiliş hamda ŞHT mamlakatlarining YUNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun qöşma nominatsiyalarini tayyorlaş masalalarini ham körib çiqdi.

Hindiston Madaniyat vaziri örinbosari Vivek Agraval bilan alohida uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar Narendra Modining 29–30 avgust kunlari Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarning bajarilişini körib çiqdi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat Madaniyat kunlarini ötkaziş, ijodiy jamoalarning özaro gastrollarini taşkil etiş, xalqaro festivallarda iştirok etiş va qöşma muzey körgazmalarini uyuştiriş jadvali kelişib olindi. Şuningdek, tegişli oliy ta’lim muassasalari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatiş va qöşma turistik yönalişlarni işlab çiqişga qiziqiş bildirildi.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi «Sangit Natak» Milliy musiqa, raqs va drama akademiyasiga ham bordi. U yerda akademiya raisi Sandxya Purexa va kotibi Raju Das bilan uçraşuv ötkazildi.

Tomonlar akademiyaning Özbekiston madaniyat muassasalari bilan hamkorligi, Madaniyat kunlari va xalqaro festivallar doirasida ijodiy jamoalarning özaro çiqişlarini taşkil etiş masalalarini muhokama qildi. Bundan taşqari, qöşma mahorat darslari va seminarlar ötkaziş masalasi ham körib çiqildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.