Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda elektron tablolar örnatilgan maxsus avtomobillar yordamida yöl radarlari hamda yöl harakati qoidalari buzilişini foto va video orqali qayd etuvçi majmualarning aniq işlaşi tekşirilmoqda. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Poytaxt köçalarida ğayrioddiy avtomobillar közga taşlandi. Ularning tomida odatiy miltillovçi çiroqlar örniga raqamlar va vaqt körsatkiçlari aks ettirilgan elektron tablolar örnatilgan.
Uşbu avtomobillarning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, haydovçilar orasida turli savollarni keltirib çiqardi. Yöl harakati xavfsizligi xizmati maşinalar patrullik qiliş uçun emas, balki maxsus uskunalarni tekşiriş maqsadida foydalanilayotganini tuşuntirdi.
Tekşiruvlar Özbekistonning barça hududlarida ötkazilmoqda. Ularning maqsadi fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş, yöl harakati qoidalariga rioya etilişini nazorat qilişda qonuniylik va adolatni ta’minlaşdan iborat.
Xizmat ma’lumotlariga köra, radarlar hamda foto va video qayd etiş majmualari muntazam ravişda metrologik tekşiruv va sinovlardan ötkaziladi. Uşbu jarayonlar Özbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan amalga oşiriladi.
Tekşiruvlar davomida uskunalarning belgilangan texnik talablarga muvofiqligi baholanadi. Mutaxassislar, şuningdek, tezlikni ölçaş aniqligi va qurilmalarning qonuniy işlaşini ham tekşiradi.
Agar tekşiruv natijasida kamçiliklar yoki qoidabuzarliklar aniqlansa, Yöl harakati xavfsizligi xizmati mas’ul şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralarni köradi.
Idora ta’kidlaşiça, yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş nafaqat harakat intizomiga rioya qilişga boğliq. Buning uçun fuqarolarga nisbatan xolislik, qonuniylik va adolat tamoyillariga ham amal qiliş zarur.