7
Özbekiston

Belarus Toşkentdagi turistik forumga delegatsiya yuboradi

Belarus Toşkentdagi turistik forumga delegatsiya yuboradi
Belarus Toşkentdagi turistik forumga delegatsiya yuboradi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Belarus 26 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadigan II Özbekiston — Belarus turistik forumiga 25 ga yaqin taşkilot vakillaridan iborat delegatsiya yuboradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Belarus ommaviy axborot vositalari, şuningdek, delegatsiyaning «Ipak yölida turizm» Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi (TXTYA-2026)da iştirok etişga tayyorgarligini yoritmoqda. Yarmarka 25–27 noyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan.

“BELTA” davlat axborot agentligi ma’lumotlariga köra, rasmiy va işbilarmonlik delegatsiyasi tarkibiga turizm sohasi vakillari kiradi. Ular orasida respublika va hududiy boşqaruv organlari, tarmoq jamoat birlaşmalari, sanatoriy-kurort muassasalari, mehmonxona biznesi va yirik turoperatorlar rahbarlari bor.

Xalqaro yarmarkada Belarus özining milliy stendini taqdim etadi. U mamlakatning turistik salohiyatini namoyiş etiş, B2B formatida işbilarmonlik muzokaralarini ötkaziş va töğridan-töğri hamkorlik aloqalarini örnatiş uçun maydon vazifasini bajaradi.

Avvalroq “BELTA” Özbekiston va Belarus qöşma kombinatsiyalaşgan turistik yönalişlarni işlab çiqişdan manfaatdor ekanini xabar qilgan edi. Tomonlar, şuningdek, töğridan-töğri tijorat şartnomalarini tuzişni maqsad qilgan.

«SB. Belarus segodnya» naşri ikki mamlakat örtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik davlat idoralari darajasida ham, biznes vakillari örtasida ham rivojlanayotganini ta’kidlaydi.

Hamkorlikning muhim bosqiçlaridan biri 2026 yil iyul oyida turizm sohasidagi hamkorlik böyiça «yöl xaritasi» imzolanişi böldi. Hujjat Özbekiston Turizm qömitasi va Belarus Milliy turizm agentligi tomonidan Prezident Şavkat Mirziyoyevning Minskka rasmiy taşrifi davomida imzolangan.

Naşr, şuningdek, Özbekiston fuqarolarining Belarusga bölgan barqaror qiziqişiga e’tibor qaratmoqda. Bir neça yildan buyon Özbekiston uşbu respublikaga taşrif buyuruvçilar soni böyiça kuçli öntalikka kiradi.

Belarus Turistik taşkilotlar respublika ittifoqi portali ikki tomonlama hamkorlikning bir neçta istiqbolli yönalişini ajratib körsatgan. Ular qatoriga madaniy-ma’rifiy sayohatlar, oilaviy dam oliş, tibbiy turizm va sanatoriy-kurort soğlomlaştiriş xizmatlari kiradi.

Belarus ommaviy axborot vositalari Toşkentdagi tadbirlar ikki mamlakat örtasidagi turistik aloqalarni kengaytirişga va özaro sayohatlarni rivojlantirişga amaliy turtki berişini kutmoqda.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.