Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 18 noyabr kuni Özbekistonda 272,6 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning şu kunidagi körsatkiçga nisbatan 10,6 foizga köp. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Mutlaq körsatkiçlarda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 26,2 mln kVt·soatga oşgan. Taqqoslaş uçun, 2025 yil 18 noyabr kuni mamlakatda 246,4 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan edi.
Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga töğri keldi — 216,8 mln kVt·soat. Bu ötgan yilgi 216,9 mln kVt·soat körsatkiçiga deyarli teng bölib, pasayiş 0,05 foizni taşkil etdi.
Gidroelektr stansiyalari 19,6 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu bir yil avvalgi 12,1 mln kVt·soatga nisbatan 62 foizga köp.
Quyoş elektr stansiyalari 18 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu ötgan yilgi 12,1 mln kVt·soat körsatkiçidan 48,8 foizga yuqori. Şamol elektr stansiyalari esa bir yil avvalgi 2,3 mln kVt·soatga nisbatan 14,7 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarib, körsatkiçni 539,1 foizga oşirdi.
Blok-stansiyalarda 3,3 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilgi 2,8 mln kVt·soatga nisbatan 17,9 foizga köp.
Kiçik quyoş panellari orqali elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 0,3 mln kVt·soatni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 0,1 mln kVt·soat bölgan. Şu tariqa, ösiş 200 foizga yetdi.