Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilda Özbekistonda renovatsiya dasturi doirasida 30 mingta xonadonni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. 2027 yilda esa bu körsatkiç 35 mingtani taşkil etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
2040 yilgaça köp kvartirali uy-joylar qurilişida renovatsiya hisobiga barpo etiladigan xonadonlar uluşini bosqiçma-bosqiç 60 foizga yetkaziş nazarda tutilgan.
Renovatsiyaning huquqiy asoslari 2026 yil 10 iyunda qabul qilingan ÖRQ-1149-sonli «Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida»gi Qonun bilan belgilangan.
Qonun şaharlarda eskirgan va avariya holatidagi uy-joylarni yangilaş, yer resurslaridan oqilona foydalaniş hamda yaşaş uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan.
Qonunning asosiy yönalişlaridan birinçisi — eski turar joy fondini yangilaş. Eskirgan va avariya holatidagi uylar yaşaş uçun qulay va xavfsiz, şuningdek, energiya samaradorligi yuqori bölgan binolarga aylantirilişi kerak.
Ikkinçi yönaliş yer resurslari bilan boğliq. Qonunda «yuqoriga qarab ösiş» tamoyili mustahkamlangan. Unga köra, urbanizatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda bino va inşootlarni vertikal yönalişda kengaytiriş nazarda tutilgan.
Uçinçi yönaliş renovatsiya doirasiga tuşadigan uy-joylarning mulkdorlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan.
Qonunda nazarda tutilgan mexanizmlar qatoriga şaharsozlik renovatsiyasini qöllab-quvvatlaş böyiça respublika va hududiy jamğarmalar faoliyatini taşkil etiş ham kiradi.
Hujjatda, şuningdek, qonunda belgilangan tartibda renovatsiya loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş va zarur infratuzilmani rivojlantiriş nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, «Şaharsozlik renovatsiyasi» elektron platformasini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.