7
Iqtisod

Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş 7 foizga oşdi

Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş 7 foizga oşdi
Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş 7 foizga oşdi / Foto: Özbekiston Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 16 noyabr kuni Özbekistonda 266 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning şu kunidagi körsatkiçdan 7 foizga köp. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2025 yil 16 noyabr kuni elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 248,6 million kVt·soatni taşkil etgan. Şu tariqa, bir yil davomida kunlik işlab çiqariş körsatkiçi 17,4 million kVt·soatga oşgan.

Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga töğri keldi. Ular bir sutkada 218,6 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Ötgan yilning şu kunida bu körsatkiç 216,2 million kVt·soatni taşkil etgan. Ösiş 1,1 foizga teng böldi.

Gidroelektr stansiyalari 20,3 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. 2025 yilning şu kunida mazkur körsatkiç 12,6 million kVt·soat bölgan.

Quyoş elektr stansiyalari işlab çiqargan elektr energiyasi hajmi 21,6 million kVt·soatni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 6,4 million kVt·soat bölgan. Ösiş 237,5 foizga yetdi.

Şamol elektr stansiyalarida esa işlab çiqariş 82,9 foizga kamaydi: 11,1 million kVt·soatdan 1,9 million kVt·soatga tuşdi.

Blok-stansiyalar 3,3 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Ötgan yilning şu kunida ularning körsatkiçi 2,2 million kVt·soatni taşkil etgan. Bu 50 foizlik ösişga mos keladi.

Kiçik quvvatli quyoş panellari orqali 0,3 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Ötgan yilning şu kunida bu körsatkiç 0,1 million kVt·soat bölgan.

Vazirlik mazkur körsatkiç böyiça ösiş 200 foizni taşkil etganini ma’lum qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.