Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov 26 noyabr kuni BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.
Bu haqda Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Kaxa Imnadze, şuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markaziga ham rahbarlik qiladi.
Uçraşuv davomida tomonlar mintaqada tinçlik, barqarorlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş, şuningdek, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişda preventiv diplomatiyaning örnini muhokama qildilar.
Baxtiyor Saidov BMT va uning tuzilmalari bilan konstruktiv muloqotni davom ettiriş muhimligini ta’kidladi.
Şuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.