Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan Anqara şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş töğrisidagi bitimni imzoladilar.
Bundan taşqari, köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Xususan:
– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;
– Ijtimoiy ta’minot töğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça ma’muriy bitim;
– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşimça bayonnoma.
Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, işbilarmon doiralar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilişga qaratilgan.