Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston kurash terma jamoasi vakili Ahror Ziyodullayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 81 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ziyodullayev final bahsida eronlik sportchi Ramin Ahmadzodani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun yana bir medalni yengil atletikachi Anvar Anvarov qo‘lga kiritdi. U uzunlikka sakrash bahslarida 8,06 metr natija qayd etib, bronza medal sohibi bo‘ldi.
Shu tariqa, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston vakillari delegatsiya jamg‘armasini bir oltin va bir bronza medal bilan to‘ldirdi.