Moliya

O'zbekistondagi beshta bank aktivlarning yarmini tashkil qiladi

O'zbekistondagi beshta bank aktivlarning yarmini tashkil qiladi
O'zbekistondagi beshta bank aktivlarning yarmini tashkil qiladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 avgust holatiga O‘zbekistondagi eng yirik beshta tijorat banki bank tizimi jami aktivlarining 49,1 foiziga, kreditlarning 52,1 foiziga va depozitlarning 45,4 foiziga ega bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning har biri bo‘yicha eng kichik beshta bankning bozordagi ulushi 1 foizdan kam. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi.

Aktivlar hajmi bo‘yicha hanuz O‘zmilliybank yetakchilik qilmoqda. Uning aktivlari 145,8 trillion so‘mni tashkil etib, sektor aktivlarining 14,3 foiziga teng. Bank aktivlari bir yilda 3,7 foizga o‘sgan. Ikkinchi o‘rinda 124,2 trillion so‘mlik aktivlarga ega bo‘lgan Agrobank turibdi. Uning sektordagi ulushi 12,2 foizni tashkil etgan, aktivlari esa 28,2 foizga oshgan. Uchinchi o‘rinni 105,2 trillion so‘mlik aktivlari va 10,2 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi bilan O‘zsanoatqurilishbank egallagan. Uning sektordagi ulushi 10,3 foizga teng.

Beshtalikni Kapitalbank 62,1 trillion so‘mlik aktivlari va 20,3 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi bilan hamda Asakabank 62 trillion so‘mlik aktivlari va 5 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi bilan yakunlagan. Bank tizimidagi aktivlarning umumiy hajmi 1 016,6 trillion so‘mni tashkil etgan.

Kreditlash bo‘yicha dastlabki uchta o‘rinni ham xuddi shu banklar egallagan. O‘zmilliybankning kredit portfeli 105,5 trillion so‘mni tashkil etib, bozorning 16,4 foiziga to‘g‘ri kelgan va bir yilda 0,4 foizga qisqargan. Agrobank kredit portfelini 23,5 foizga oshirib, 92,6 trillion so‘mga yetkazgan. Bankning bozordagi ulushi 14,4 foizni tashkil etgan. O‘zsanoatqurilishbankining kreditlari 11,8 foizga kamayib, 60 trillion so‘mni tashkil etgan. Uning bozordagi ulushi 9,3 foizga teng. To‘rtinchi o‘rinni 39,6 trillion so‘mlik kredit portfeli bilan Asakabank, beshinchi o‘rinni esa 38 trillion so‘m bilan Kapitalbank egallagan.

Depozitlar bo‘yicha O‘zmilliybank 58,4 trillion so‘mlik depozitlar bilan yetakchilik qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bozorning 12,1 foiziga teng bo‘lib, depozitlar bir yilda 27,4 foizga o‘sgan. Ikkinchi o‘rinda 48,9 trillion so‘mlik depozitlar va 10,1 foizlik bozor ulushiga ega Kapitalbank turibdi. Uning depozitlari 26,2 foizga oshgan. Agrobank depozitlari 66 foizga o‘sib, 43 trillion so‘mga yetgan. O‘zsanoatqurilishbanki depozitlari esa 46,8 foizga oshib, 37,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Beshtalikni 31,1 trillion so‘mlik depozitlari va 18,8 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi bilan Xalq banki yakunlagan.

Tizimdagi eng kam aktivlar Saderat bankida qayd etilgan — 619,6 milliard so‘m. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng quyi beshtalikka, shuningdek, Poytaxt bank 1 trillion so‘m, Madad invest bank 1,1 trillion so‘m, OPEN bank 1,7 trillion so‘m va AVO bank 2 trillion so‘mlik aktivlari bilan kirgan. Ushbu beshta bank hisobiga sektor aktivlarining 0,63 foizi to‘g‘ri keladi.

Eng kichik kredit portfeli ham Saderat bankida qayd etilgan — 8,7 milliard so‘m. Keyingi o‘rinlarda Uzum bank 326,5 milliard so‘m, Poytaxt bank 579,7 milliard so‘m, Madad invest bank 583,7 milliard so‘m va Oktobank 727,3 milliard so‘mlik kredit portfeli bilan joylashgan. Ularning bank tizimi kreditlaridagi jami ulushi 0,35 foizni tashkil etadi.

Eng kam depozitlar ham Saderat bankiga tegishli bo‘lib, 50,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Eng quyi beshtalikka OPEN bank 174,9 milliard so‘m, Poytaxt bank 199,6 milliard so‘m, Madad invest bank 214,4 milliard so‘m va AVO bank 829,4 milliard so‘mlik depozitlari bilan kirgan. Ularning bank tizimi depozitlaridagi ulushi 0,3 foizni tashkil etgan.

2026 yil 1 avgust holatiga O‘zbekistonda jami 34 ta tijorat banki faoliyat yuritgan. Ularning umumiy kredit portfeli 644,6 trillion so‘mni, depozitlar hajmi esa 482,7 trillion so‘mni tashkil etgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.