Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 500 metr masofaga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha aralash juftlik dasturida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular faqat Xitoy terma jamoasi juftligiga yutqazdi.
Ushbu medalni hisobga olgan holda, O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 34 taga yetdi: 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza medal.