7
Sport

Shoxsanam Sherzodova va Nilufar Zakirova JCHda kumush oldi

Shoxsanam Sherzodova va Nilufar Zakirova JCHda kumush oldi
Shoxsanam Sherzodova va Nilufar Zakirova JCHda kumush oldi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 

O‘zbekiston terma jamoasi vakilalari Shoxsanam Sherzodova va Nilufar Zakirova Polshadagi Poznan shahrida o‘tkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga o‘tkazilgan final bahsida o‘zbekistonlik duet ikkinchi o‘rinni egallab, jahon chempionatining kumush medallariga sazovor bo‘ldi.

Ushbu medal O‘zbekiston terma jamoasining joriy jahon chempionatidagi ikkinchi medali bo‘ldi. Bir kun avval erkaklar o‘rtasida xuddi shu 200 metr masofada Artur Guliyev kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.