O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

Shomurodov “Bashakshexir” safida uchinchi golini urdi

Dilafro'z Niyazova · 31.08.2026 · 12:44 · 28 views
Shomurodov “Bashakshexir” safida uchinchi golini urdi
Shomurodov “Bashakshexir” safida uchinchi golini urdi / Foto: “Bashakshexir”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi kapitani Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida Istanbulning “Bashakshexir” klubi safida uchinchi golini urdi. U uchta o‘yinda uchinchi marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Chempionatning uchinchi turida jamoa o‘z maydonida “Kasimpasha” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 18-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Abbosbek Fayzullayev ham bahsni dastlabki daqiqalardan boshladi.

Tanaffusdan so‘ng Fayzullayev almashtirildi. “Kasimpasha” 81-daqiqada Fusseni Diabatening goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Uchta uchrashuvdan so‘ng “Bashakshexir” hisobida to‘rt ochko bor. “Kasimpasha” esa besh ochko jamg‘argan.