Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Pekinda o‘tkazilayotgan WTA 1000 toifasidagi China Open turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqaning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonlik tennischi Daniya vakili Klara Tausonni uch setda 6:4, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Tauson avvalroq WTA reytingida 12-o‘ringa ko‘tarilgan. Ayni vaqtda daniyalik tennischi jahon reytingida 44-o‘rinni egallab turibdi.
Uchinchi bosqichga chiqishi Kudermetovaga kamida 61 865 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli va WTA reytingi uchun 65 ochkoni kafolatladi.
Kudermetovaning keyingi raqibi to‘rtinchi raqam ostidagi Mirra Andreeva bo‘ladi. Uchrashuv Pekin turnirining uchinchi bosqichida bo‘lib o‘tadi.