O‘zbekiston

O‘zbekistonda talabalarga ijara kompensatsiyasi muddati uzaytiriladi

O‘zbekistonda talabalarga ijara kompensatsiyasi muddati uzaytiriladi
O‘zbekistonda talabalarga ijara kompensatsiyasi muddati uzaytiriladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda yotoqxonadan joy olmagan talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish muddatlari uzaytiriladi.

Shuningdek, sentyabr oyi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati ham uzaytiriladi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu arizalarni topshirish imkoniyati cheklangani haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirib, maʼlum qildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, davlat oliy taʼlim tashkilotlarining yotoqxonadan joy bilan taʼminlanmagan talabalari turar joy ijarasi xarajatlarining bir qismini qoplash huquqiga ega. Kompensatsiya ijara shartnomasi asosida egallab turilgan turar joy uchun beriladi.

Vazirlikda maʼlum qilinishicha, muddatlarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror talabalardan kelib tushayotgan murojaatlar inobatga olingan holda qabul qilingan.

Ariza topshirishning yangi muddatlari hamda sentyabr oyi uchun to‘lovlarni amalga oshirish sanasi yaqin vaqt ichida rasman eʼlon qilinadi.

Vazirlik tartib va muddatlar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar rasmiy eʼlondan so‘ng talabalarga yetkazilishini taʼkidladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.