O‘zbekiston

Baxodir Yunusov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Baxodir Yunusov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Baxodir Yunusov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari etib tayinlandi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Baxodir Maxsutovich Yunusov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens va ichki nazorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tegishli farmoyishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari imzoladi.

Yangi tayinlov munosabati bilan Yunusov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti bo‘linmasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Tayinlov haqidagi maʼlumot O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibining rasmiy Telegram-kanalida eʼlon qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.