Sport

Turaboyev ikki karra chempion bo‘ldi, Zokirov kumush oldi

Turaboyev ikki karra chempion bo‘ldi, Zokirov kumush oldi
Turaboyev ikki karra chempion bo‘ldi, Zokirov kumush oldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Muzaffarbek Turaboyev faoliyatida ikkinchi marta Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. “Ayti-Nagoya–2026” musobaqalarida o‘zbekistonlik dzyudochi 100 kg dan yuqori vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final jangida To‘raboyev Yaponiya vakili bilan to‘qnash keldi va g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun yana bir medalni bokschi Jahongir Zokirov qo‘lga kiritdi. 90 kg dan yuqori vazn toifasidagi finalda u Qozog‘iston vakili Aybek Oralbayga qarshi jang qildi.

Jang yakunlariga ko‘ra, hakamlar 5:0 hisobida g‘alabani Oralbayga berdi. Jahongir Zokirov musobaqadagi ishtirokini kumush medal bilan yakunladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.