O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

O‘zbekistonlik dzyudochilar JCHda uchinchi o‘rinni egalladi

Dilafro'z Niyazova · 23.08.2026 · 18:25 · 26 views
O‘zbekistonlik dzyudochilar JCHda uchinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik dzyudochilar JCHda uchinchi o‘rinni egalladi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Ekvadorda o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining individual bahslari yakunlariga ko‘ra oltita medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Individual dasturning so‘nggi kuni Jo‘rabek Eshpulatov 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida finalga chiqib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar hisobiga bitta oltin, bitta kumush va to‘rtta bronza medali yozildi.

40 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida I roda Sirojiddinova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Jo‘rabek Eshpulatov kumush medal sohibi bo‘ldi.

Bronza medallarini 55 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Bobur Yusupov, 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Behruzbek Usmonov, 44 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Alina Kolyucheva hamda 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Charos Hikmatova qo‘lga kiritdi.

Ekvadordagi jahon chempionatining individual musobaqalari yakunlanganidan so‘ng mikst formatidagi jamoaviy dastur o‘tkaziladi. Musobaqalar bugun bo‘lib o‘tadi.